15/07/2026

Joriy yilning  yanvar-may oylarida Hazorasp tumanida umumiy hajmi  673,8 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilib, oʻtgan yilning 5 oyiga nisbatan 21,3 % oʻsish kuzatilgan.

Faoliyat turlari boʻyicha xizmatlar tarkibining 31,8 % ulushi yoki 214,6 mlrd soʻmi moliyaviy xizmatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.

Bu koʻrsatkich viloyat umumiy hajmining 9,8 % ulushini tashkil etadi.

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan tumanda moliyaviy xizmatlar 27,3 % ga oshgan.

 

Axborot xizmati