15/07/2026

2026-yilning yanvar-may oylarida  Gurlan tumanida 456,2 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish 17,2 % ni tashkil qildi.

Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra yuqori hajm quyidagi xizmatlarda qayd etildi:

transport xizmatlari – 169,4 mlrd soʻm

savdo xizmatlari – 120,2 mlrd soʻm

moliyaviy xizmatlar – 44,7  mlrd soʻm.

 

Shuningdek, yuqori oʻsish yashash va ovqatlanish (61,2 %), ijara (43,9 %) va taʼlim (30,5 %) sohasidagi xizmatlarda kuzatildi.

 

Axborot xizmati