10/07/2026

2026-yilning 10-iyul kuni viloyat statistika boshqarmasida huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 14-oktabrdagi 595-sonli qarori mazmun-mohiyatni tushuntirildi.

Boshqarmaning inson resurslarini boshqarish boʻyicha bosh mutaxassisi A.Jumaniyozov tarmoq boʻlim boshliqlari hamda hududiy statistika boʻlimi boshliqlariga tizimda har qanday koʻrinishdagi  korrupsiyaviy xatti-harakatlar, xizmat vakolatini suiisteʻmol qilish, xizmat vakolatidan chetga chiqish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyish, odob-axloq talablarini buzish holatlarining oldini olishning muhimligini yana bir marotaba tushuntirib oʻtdi.

 

Axborot xizmati