2026-yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 18,7 trln soʻmni tashkil etib, oʻsish surʼati 2025-yilning shu davri bilan taqqoslaganda 115,6 % darajani qayd etgan.
Xizmatlar turlari boʻyicha oʻsish surʼatlari quyidagicha:
sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 126,4 %;
transport xizmatlari — 124,3 %;
moliyaviy xizmatlar — 119,9 %;
taʼlim sohasidagi xizmatlar — 119,5 %;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 116,1 %;
kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar — 114,9 %;
koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar — 113,3 %;
savdo xizmatlari — 111,6 %;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 111,5 %;
shaxsiy xizmatlar — 110,5 %;
ijara xizmatlari — 108,9 %;
meʼmorchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 101,1 %;
boshqa xizmatlar — 117,2 %.
Axborot xizmati



