06/07/2026

2026-yil 5 oyi yakunlariga koʻra, Yangibozor tumanining  chakana savdo boʻyicha tovar aylanmasi hajmi 209,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich viloyat savdo hajmining 2,5 %ini tashkil qiladi.

Oʻtgan yilning 5 oyi natijalari bilan taqqoslaganda, tumanda savdo hajmi 24,1 % ga koʻpaygan.

Aholi jon boshiga  bu koʻrsatkich oʻrtacha 2 192,0 ming  soʻmdan toʻgʻri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdodagi ulushi 94,3 % ni yoki 197,4 mlrd soʻmni tashkil etib, 2025-yilning yanvar-may oylariga nisbatan  23,8 % ga oshdi.

 

Axborot xizmati