Joriy yilning 30- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirokchilarga “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-1153 sonli Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining VM-303- sonli “Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarini chet davlatlarga xizmat safariga yuborish hamda xizmat safari xarajatlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” gi Qarori xususida maʻlumot berildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov yuqoridagi normativ hujjatlar haqida tushuntirish berish barobarida iyun oyidagi qonunchilik yangiliklari boʻyicha axborot berib oʻtdi.

Axborot xizmati



