2026-yilning 5 oyidagi dastlabki natijalarga koʻra, viloyatimizda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning oʻrtacha hajmi 7 025,3 ming soʻmni tashkil etdi.
Eng yuqori koʻrsatkich Tuproqqalʻa tumani (86 005,3 ming soʻm) va Urganch shahrida (13 828,8 ming soʻm) qayd etilgan.
Shuningdek, viloyatda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning oʻsish surʼati 2025-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 106,1 % ni tashkil etgan boʻlsa, viloyat koʻrsatkichidan ancha yuqori natija Xiva shahrida (116,1 %), Bogʻot tumanida (114,0 %), Qoʻshkoʻpir tumanida (113,7 %), Yangibozor tumanida (112,8 %), Yangiariq tumanida (111,8 %) va Gurlan tumanida (111,2 %) kuzatilgan.

Axborot xizmati



