26/06/2026

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2026-yilning yanvar-may oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 8 241,1 mlrd soʻmni tashkil etib, 2025- yilning yanvar-mayiga nisbatan 22,8 % ga oshdi.

Umumiy savdo hajmida:

yirik korxonalarning tovar aylanmasi - 336,3 mlrd soʻmni (oʻsish 57,3 %),

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi - 7 904,8 mlrd soʻmni (oʻsish 21,7 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 912,9 mlrd soʻmni (oʻsish 31,0 %) tashkil etdi.

 

Axborot xizmati