Shu yilning yanvar-aprel oylarida Yangibozor tumanida 273,7 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 20,6 % oʻsish qayd etildi.
Xizmatlar hajmining oʻsishiga:
sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlarning – 64,1 %,
yashash va oqatlanish boʻyicha xizmatlarning – 54,6 %,
savdo xizmatlarining – 24,5 %,
moliyaviy xizmatlarning – 21,3 % oshgani salmoqli taʼsir koʻrsatdi.
Maʼlumot uchun: koʻrilayotgan davrda tumanda eng yuqori hajm transport xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan va 90,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Axborot xizmati



