23/06/2026

2026-yilning yanvar-aprel oylarida Hazorasp tumanida faoliyat yuritayotgan 154 ta sanoat korxonasi tomonidan 323,9 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, fizik hajm indeksi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 110,6 % ni tashkil etdi.

Viloyat sanoatida tumanning ulushi 2,9 % ga  teng boʻlgan.

Tumanda aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishining oʻrtacha hajmi 1 510,7 ming soʻmga toʻgʻri kelgan va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 8,5 % ga oshgan.

Axborot xizmati