2026- yilning yanvar-aprel oylarida Tuproqqalʼa tumanida 75,4 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, oʻsish surʼati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 111,9 % ni tashkil qildi.
Korxonalar turiga koʻra qurilish ishlarining 34,2 mlrd soʻmi (45,4 % ulushi) yirik tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ular tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2025-yilning 4 oyi bilan taqqoslaganda, 3,8 marta oshgan.
Shuningdek, koʻrilayotgan davrda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 10,5 mlrd soʻmlik, norasmiy sektor tomonidan esa 30,6 mlrd soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Axborot xizmati



