Joriy yilning 19-iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda boshqarma xodimlariga “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-1153-sonli Qonun tanishtirildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ushbu yangi qonunning qabul qilinishi bilan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilayotgan huquqiy hujjatlarni izohlab, amaliyotga tadbiq qilinadigan yangi norma va tartiblar boʻyicha batafsil maʼlumot berib oʻtdi.


Axborot xizmati



