2026-yilning 1-iyun holatiga viloyatimizda 35 991 ta tijorat korxonasi roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shundan 25 443 tasi yoki 70,7 %i faoliyat yuritgan.
2025-yilning tegishli davriga nisbatan ularning soni 3 246 taga oshgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan tijorat korxonalari umumiy sonining 46,6 % ulushi quyidagi hududlar hissasiga toʻgʻri kelgan:
Urganch shahri – 19,4 % (4 948 ta)
Urganch tumani – 11,4 % (2 913 ta)
Xonqa tumani – 8,1 % (2 072 ta)
Yangiariq tumani – 7,6 % (1 933 ta).
Joriy yilning 5 oyida viloyatimizda 3 181 ta yangi tijorat korxonasi tashkil etilgan.

Axborot xizmati



