19/06/2026

Joriy yilning 4 oyida Qoʻshkoʻpir tumanida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi 395,6 mlrd soʻmni tashkil qildi.

2025-yilning yanvar-aprel oylari bilan taqqoslaganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 113,1 % ni tashkil etdi.

Viloyat sanoatida tumanning ulushi 3,5 % darajada qayd etildi.

Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishining oʻrtacha hajmi 2 095,6 ming soʻmga toʻgʻri kelib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 11,2 % ga oshdi.

Maʼlumot oʻrnida: 2026-yilning 1-may holatiga Qoʻshkoʻpir tumanida 352 ta sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatgan.

 

Axborot xizmati