2026-yilning 4 oyida viloyatimizda 11,3 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, fizik hajm indeksi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 108,0 % ni tashkil etdi.
Sohalar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oʻsishi quyidagicha boʻlgan:
ishlab chiqaradigan sanoatida - 106,9 %
togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida - 146,1 %
elektr, gaz, bugʻ bilan taʻminlash va havoni konditsiyalash - 134,4 %
suv bilan taʻminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish sanoatida - 99,8 %.

Axborot xizmati



