Xodimlar oʻrtasida sport va sogʻlomlashtirishni targʻib etish maqsadida tashkil etilgan musobaqalarda jamoaning barcha aʼzolari faol ishtirok etdilar.

Musobaqa natijalariga koʻra gʻolib va sovrindor boʻlgan xodimlar boshqarma kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Kelgusida har haftaning chorshanba kuni – “Sport kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan boshqarma hamda viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan sport maktablari oʻrtasida shartnomalar tuzilib, sportning futbol, stol tennisi va qisqa masofaga yugirish turlari boʻyicha musobaqalarni muntazam tashkil qilish belgilandi.
Axborot xizmati



