Joriy yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda sanoat ishlab chiqarishining aholi jon boshiga oʻrtacha hajmi 5 440,5 ming soʻmga toʻgʻri keldi.
2025-yilning tegishli davriga nisbatan ushbu koʻrsatkichning oʻsish surʼati 106,1 % ni tashkil etdi.
Soʻnggi 5 yilning yanvar-aprel oylarida oʻrtacha hajm dinamikasi:
2022-yilda – 2 707,3 ming soʻm
2023-yilda – 3 065,2 ming soʻm
2024-yilda – 3 575,4 ming soʻm
2025-yilda – 4 722,7 ming soʻm
2026-yilda – 5 440,5 ming soʻm.
Viloyat hududlari orasida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori darajasi Tuproqqalʻa tumani (66 415,0 ming soʻm) va Urganch shahrida (10 999,6 ming soʻm) qayd etilgan.

Axborot xizmati



