2025/2026-oʻquv yili boshiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 1- sinfiga 38,2 ming nafar oʻquvchi qabul qilingan.
Shundan:
qiz bolalar – 18,4 ming nafar (48,2 %)
oʻgʻil bolalar – 19,8 ming nafar (51,8 %).
Hududlar boʻyicha eng koʻp oʻquvchi Urganch shahri (4,2 ming), Hazorasp (3,9 ming) va Xonqa (3,8 ming) tumanlaridagi taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan.
2024/2025- oʻquv yiliga nisbatan viloyat boʻyicha 1 sinfga qabul qilingan oʻquvchilar soni 2,7 ming nafarga oshgan.

Axborot xizmati



