Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2026- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizdagi ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 % ga oshdi va 3 972,4 mlrd soʻmga yetdi.

Bunda savdo aylanmasining 98,8 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri keldi.
Maʼlumot uchun: joriy yilning 1-may holatiga umumiy ovqatlanish sohasida 1 583 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati



