Joriy yilning 5-iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika hamda tarmoq boʻlimlarning boshliqlari ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga Prezidentning “Tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ-210-sonli Qarorining mazmuni va maqsadlari boʻyicha maʻlumot berdi.


Xususan, Qarorda tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlar uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, ularni kasb-hunar, xorijiy tillar, zamonaviy bilimlarga oʻqitish hamda tadbirkorlik gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar haqidagi muhim axborotlar tanishtirildi.
Axborot xizmati



