2026- yilning 1- may holatiga Urganch shahrida 6 521 ta tijorat korxonasi roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 4 905 tasi (75,2 %) faoliyat yuritgan.
2025-yilning shu davriga nisbatan faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 662 taga (15,6 %) oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida shaharda 392 ta yangi tijorat korxonasi tashkil etilgan.
Maʼlumot oʻrnida: 2026-yilning 1-may holatiga viloyatimizda 25 205 ta tijorat korxonasi faoliyat koʻrsatgan, shundan 19,5 % Urganch shahriga toʻgʻri keladi.

Axborot xizmati



