2026- yil yanvar- aprel oylarida Urganch tumanida 431,8 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, oʻsish 60,6 % ni tashkil qilgan.
Qurilish ishlari umumiy hajmining 50,6 %i yoki 149,8 mlrd soʻmi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri kelgan.
Ushbu sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 49,8 % ga oshgan.
Shuningdek, tumanda yirik tashkilotlar tomonidan 76,9 mlrd soʻmlik, norasmiy sektor tomonidan 136,6 mlrd soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Axborot xizmati



