20/05/2026

2026- yilning yanvar-mart oylarida Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan hajmi 1,3 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Bu viloyat umumiy hajmining 15,4 % ulushini tashkil etadi.

2025-yilning yanvar-mart oylari bilan solishtirilganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,2 % ni tashkil qilgan.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning aholi jon boshiga oʻrtacha hajmi 8 012,7 ming soʻmga teng boʻlgan.

Maʼlumot oʻrnida: joriy yilning 1-aprel holatiga Urganch shahrida 690 ta sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatgan.

 

Axborot xizmati