Xorazm viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishga oid turizm boʻyicha tanlanma kuzatuvni tashkil etish va oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan seminarda boshqarma masʼullari, mazkur kuzatuvga biriktirilgan interviyuyerlar va oliy taʼlim tashkilotidan jalb qilingan volontyor-talabalar ishtirok etishdi.
2026-yilning 25-mayidan 25-iyuniga qadar oʻtkaziladigan tanlanma kuzatuvlarda soʻrovnoma usulida olingan maʻlumotlar turizm statistikasi koʻrsatkichlari uchun zarur bo'lgan turistlar oqimi, turistlarning safar maqsadi va davomiyligi, safar sarf-harajatlari tarkibi kabi axborotlarni shakllantirishga asos bo'lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati



