18/05/2026

Xalqaro muzeylar kuni har yili 18-mayda butun dunyoda, jumladan Oʻzbekistonda ham keng nishonlanadi. Ushbu kunni nishonlash qarori 1977-yilda Xalqaro muzeylar kengashi (ICOM) tomonidan qabul qilingan.

 Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2024-yil yakunlari boʻyicha maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimizdagi muzeylar soni  138 tani (filiallarini qoʻshgan holda) tashkil etgan.

Shundan, Xorazm viloyatida 17 ta muzey faoliyat olib bormoqda.

Respublikamizdagi muzeylarning asosiy fondida jami 2,7 milliondan ortiq eksponat (muzey ashyolari va kolleksiyalari) saqlanmoqda.

 

 Axborot xizmati