15/05/2026

Joriy yilning 15-may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov Oʻzbekiston Respublikasining  “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” OʻRQ-931-sonli Qonuni hamda Prezidentning “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-228-sonli Qarorining mazmun-mohiyati va maqsadi boʻyicha maʻlumot berildi.


Ushbu normativ-huquqiy hujjatlar davlat idora va tashkilotlarida xodimlar tomonidan turli koʻrinishdagi manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik orqali sogʻlom mehnat muhitini shakllantirish, aholi oʻrtasida targʻibotni kuchaytirish orqali shu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadlarini koʻzlashiga alohida urgʻu berildi.

Axborot xizmati