2026- yil yanvar-mart oylarida viloyatimizda kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4 770,3 mlrd soʻmni yoki umumiy hajmidagi ulushi 93,6 % ni tashkil etdi.
Oʻsish surʻati 2025- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 103,0 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlikning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmidagi eng yuqori ulushi Hazorasp (98,3 %), Xiva (98,3 %) va Gurlan (98,2 %) tumanlariga toʻgʻri keldi.

Axborot xizmati



