14/05/2026

Joriy yilning 3 oyida viloyatimiz boʻyicha yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi 185,9 mlrd soʻmni tashkil etib, 2025-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 3,0 % ga oshdi.

Hududlar kesimida dehqonchilik mahsulotlarining eng yuqori hajmi Yangiariq (38,2 mlrd soʻm), Bogʻot (26,1 mlrd soʻm), Xonqa (24,7 mlrd soʻm), Urganch (20,5 mlrd soʻm) tumanlarida yetishtirildi.

Yuqori oʻsish esa Xiva (36,6 %), Hazorasp (25,4 %) va Shovot (23,3 %) tumanlarida kuzatildi.

 

Axborot xizmati