Joriy yilning 13- may kuni Urganch shahridagi “Gulchilar” mahallasida huquqiy targʻibot uchrashuvi tashkil etildi.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov mahalla faollariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi (2025- yil 24- fevral) PF-27- sonli Farmoni va “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026- yil 13-martdagi PQ –103-sonli Qarorining mazmuni boʻyicha batafsil maʼlumot berdi.


Axborot xizmati



