Joriy yilning 8- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar targʻibotiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026- yil 13-martdagi PQ –103-sonli qarorining mazmuni tanishtirildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga ushbu qarorga asosan amaliyotga joriy etilayotgan yangiliklar, xususan:
- milliy statistika tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish, innovatsion yechimlarni qoʻllagan holda koʻrsatilayotgan raqamli xizmatlar hajmini 2 barobarga oshirish,
- har ikki yilda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida tizim xodimlarining malakasini oshirish imkonining yaratilishi,
- yashirin va kreativ iqtisodiyotni baholash maqsadida statistika metodologiyasini takomillashtirish kabi muhim vazifalar boʻyicha maʼlumot va tushuncha berib oʻ

Axborot xizmati



