07/05/2026

Mamlakatimiz   iqtisodiyotini tartibga solishga yoʻnaltirilgan qonunlar  sohani rivojlantirishga, eng avvalo yangi ish oʻrinlari yaratish va shu orqali iqtisodiy oʻsishga xizmat qiladi.

Joriy yilning 21-aprelida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1137-sonli qonuni masʼuliyati cheklangan jamiyatlarini tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek ularni boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadini koʻzlaydi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida 1-may kuni oʻtkazilgan huquqiy targʻibotga bagʻishlangan seminarda xodimlar ushbu qonun bilan atroflicha tanishtirildi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov qonunning mazmun-mohiyati va maqsadlari, amaliyotga joriy etilishi bilan kutilayotgan oʻzgarishlar xususida batafsil tushuntirish berib oʻtdi.

Axborot xizmati