2026- yilning yanvar-mart oylarida Bogʻot tumanida 190 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan bu koʻrsatkich 18 taga oshdi.
Yangi tashkil qilingan kichik korxona va mikrofirmalarning faoliyat yuritayotganlar soniga nisbati 11,7 % ni tashkil qilgan.
Sohalar kesimida eng koʻp yangi kichik biznes subyekti qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi (82 ta), savdo (41 ta) va sanoat (22 ta) yoʻnalishlarida tashkil etilgan.

Axborot xizmati



