30/04/2026

Joriy yilning 30-aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirokchilar  2026-yilning 17-aprelida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-1132-son Qonuni bilan tanishtirilgi. Xususan ushbu meʼyoriy hujjat bilan qaysi qonun hujjatlariga qanday oʻzgartirishlar kiritilishi koʻzda tutilayotgani boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Shu bilan bir qatorda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov mamlakatimiz qonunchilik sohasida aprel oyidagi yangiliklar, qabul qilingan boshqa meʼyoriy hujjatlarning mazmuni bilan tanishtirdi.

Axborot xizmati