2026-yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish oʻrtacha 3 971,5 ming soʻmni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati esa 106,2 % ni tashkil etgan.
Viloyat koʻrsatkichidan yuqori hajm Tuproqqalʻa tumani (47 936,5 ming soʻm) va Urganch shahrida (8 012,7 ming soʻm) qayd etilgan.
Shuningdek, yuqori oʻsish surʼatlari viloyatning Qoʻshkoʻpir (111,5 %), Gurlan (110,8 %), Urganch (109,9 %), Yangibozor tumanlari (108,9 %) hamda Xiva shahrida (108,5 %) kuzatilgan.

Axborot xizmati



