2026-yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda 408,1 mlrd soʻmlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, oʻsish surʼati oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 115,0 % ni tashkil etgan.
Jami xizmatlar hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 4,0 % ulushiga ega boʻlgan.
Maʼlumot oʻrnida: joriy yilning 1-aprel holatiga viloyatimizda axborot va aloqa sohasida 529 ta korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatgan.

Axborot xizmati



