28/04/2026

2026-yilning yanvar-mart oylarida Qoʻshkoʻpir tumanida asosiy kapitalga 327,8 mlrd soʻmlik investitsiya oʻzlashtirilgan boʻlib, shundan 322,4 mlrd soʻmi markazlashmagan investitsiyalar hissasiga toʻgʻri kelgan.

Tumanda asosiy kapitalga kiritilgan markazlashmagan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari boʻyicha tarkibida:

korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari – 1,1 %

aholi mablagʻlari – 16,1 %

xorijiy investitsiya va kreditlar – 78,6 %

tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari – 2,5 % ulushga ega boʻlgan.

 

Axborot xizmati