Joriy yilning 1-aprel holatiga viloyatimizda 4 325 ta fermer xoʻjaligi faoliyat yuritgan.
2025-yilning shu davriga nisbatan ularning soni 38 taga kamaygan.
Hududlar kesimida eng koʻp fermer xoʻjaligi Shovot (563 ta) va Xonqa (520 ta) tumanlarida faoliyat yuritmoqda.
2025-yilning 1-apreliga nisbatan fermer xoʻjaliklari Urganch (4 taga), Xonqa (3 taga) va Shovot (5 taga) tumanlarida koʻpaygan.

Axborot xizmati



