15/04/2026

2025/2026-oʻquv yili boshiga viloyatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jami oʻqituvchilar soni (oʻrindoshlarsiz) 35,1 ming nafarni tashkil etgan.

2024/2025- oʻquv yiliga nisbatan ularning soni  0,7 ming nafarga oshgan.

Oʻqituvchilarning gender tarkibida ayol oʻqituvchilar 27,7 ming nafarni (4,1 % ga oshgan), erkak oʻqituvchilar soni esa 7,4 ming nafarni (5,2 % ga qisqargan) tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati