13/04/2026

2026-yilning  dastlabki 2 oyida Xonqa tumanida  72,2 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan boʻlib, oʻsish surʼati oʻtgan yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 101,3 % ni  tashkil etdi.

Qurilish ishlarining asosiy qismi norasmiy sektor tomonidan bajarilgan va  36,2 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Ushbu sektor tomonidan bajarilgan ishlar hajmida 132,5 % oʻsish surʼati qayd etilgan.

Shuningdek, tumandagi qurilish ishlari umumiy hajmining 1,8 mlrd soʻmi yirik korxonalar, 34,2 mlrd soʻmi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

Axborot xizmati