06/04/2026

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizning tovar (xizmatlar) eksporti 57,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 91,1 % ni tashkil etib, asosiy ulush oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (46,2 %), sanoat tovarlari (37,8 %) va turli xil tayyor buyumlar (5,2 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Xorazm viloyati eksportida hamkor davlatlarning ulushi:

Rossiya - 36,0 %,

Afgʻoniston - 26,3 %,

Turkiya - 8,2 %,

Pokiston - 6,3 %,

Eron - 4,6 %,

Qozogʻiston - 3,4 %,

AQSH - 3,1 %,

Xitoy - 2,9 %,

Germaniya - 1,2 %,

Belarus Respublikasi - 1,0 %.

 

Axborot xizmati