03/04/2026

Bugun, 3-aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati, tarmoq va hududiy boʻlimlarning boshliqlari (masofadan) ishtirok etishdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarni shu yilning 5-yanvarida qabul qilingan “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli Prezident Qarori bilan tanishtirdi.

Shuningdek, yigʻilishda sohaga oid normativ hujjatlar va ularning ijrosiga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Axborot xizmati