02/04/2026

2025/2026-oʻquv yilining boshiga Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 600 tani tashkil etgan.

Shundan 26 tasi (4,3 %) nodavlat umumtaʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Koʻrilayotgan davrda umumtaʼlim tashkilotlarida 377,4 ming nafar oʻquvchi tahsil olgan.

Maʼlumot oʻrnida: 2025/2026-oʻquv yilining boshiga respublika boʻyicha  11 118 ta umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatgan.

 

Axborot xizmati