Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2026- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizdagi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4 168,9 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Bu bozor xizmatlari umumiy hajmining 71,3 % ini tashkil qilib, shundan 43,0 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri keldi.
Maʼlumot uchun: 2025-yilning yanvar-fevral oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 231,2 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan (ulushi - 72,3 %).

Axborot xizmati



