27/03/2026

Joriy yilning yanvar oyida viloyatimiz xorijiy davlatlarga 22,9 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirdi.

Viloyat eksportida salmoqli ulush Rossiya ( umumiy hajmning 39,9 %i), Afgʻoniston (19,2 %), Pokiston (4,4 %), Eron (4,4 %) va Xitoy (4,1 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Eksport tarkibida sanoat tovarlari (11,9 mln dollar) va oziq-ovqat mahsulotlari (7,1 mln dollar) yuqori hajmga ega boʻlgan.

 

Axborot xizmati