13/03/2026

2025- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat boʻyicha asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hajmi 1 759,0 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Bu koʻrsatkich kiritilgan investitsiyalar 2024-yilning tegishli davri bilan solishtirilganda 3,6 marta oshgan va investitsiyalar umumiy hajmining 7,8 % ulushiga teng boʻlgan.

Hududlar kesimida Xiva tumani (857,3 mlrd soʻm) va Urganch shahrida (641,9 mlrd soʻm) asosiy kapitalga  kiritilgan hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hajmi salmoqli boʻlgan.

 

 Axborot xizmati