05/03/2026

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish ishlari yakunlandi. Xalqaro tavsiyalarga muvofiq, tadbir nihoyasiga yetganidan soʻng maʼlumotlarning aniqligi va sifatini baholash maqsadida roʻyxatga olish natijalarini qayta oʻrganish ishlari tashkil etiladi.

Joriy yilning mart oyidan eʼtiboran viloyatimizning barcha hududlarida umumiy qamrovning 5-10 foizi doirasida qayta tekshiruvlar oʻtkaziladi.

Bugun, 5-mart kuni viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari Urganch shahrida tasodifiy tanlab olingan xonadonlarga tashrif buyurib, nazorat kuzatuvini oʻtkazdilar. Bunda asosiy maqsad oʻrganilayotgan xonadon boʻyicha toʻplangan maʼlumotlarning aniqligi va sifatini baholash, roʻyxatga olish jarayonida yoʻl qoʻyilgan boʻlishi mumkin boʻlgan xatoliklarni aniqlash va bartaraf etishdan iboratdir.

Kuzatuv ishlarida Milliy statistika qoʻmitasidan viloyatimizga biriktirilgan vakil O.Qalandarov va statistika boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari U.Bardiyevlar ishtirok etishdi.

 

Axborot xizmati