Joriy yilning 1- fevral holatiga Bogʻot tumanida roʻyxatdan oʻtgan 2 450 ta kichik biznes subyektining 1 578 tasi (64,4 %i) faoliyat koʻrsatgan.
Faoliyat yuritayotganlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 193 taga koʻp.
Yoʻnalishlar kesimida eng koʻp shu turdagi korxonalar savdo (652 ta), qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi (332 ta) hamda sanoat (196 ta) sohalarida faoliyat koʻrsatgan.

Axborot xizmati



