2025– yilning yanvar– dekabr oylarida viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 150,6 ming tonna sut ishlab chiqarildi.
2024– yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 1,2 % ga koʻpaygan.
Sut ishlab chiqarish umumiy hajmidan 91,2 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelishini koʻrsatmoqda.
Hududlar kesimida eng koʻp sut Urganch tumani (138,7 ming tonna), Hazorasp tumani (128,6 ming tonna), Xonqa tumani (126,7 ming tonna) va Shovot tumanida (117,8 ming tonna) sogʻib olingan.

Axborot xizmati



