20/02/2026

2025-yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat boʻyicha 724,2 ming tonna donli ekinlar yetishtirilgan boʻlib, shundan 105,0 ming tonnasi (14,5 %i) Gurlan tumani hissasiga toʻgʻri kelgan.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha donli ekinlar yetishtirish hajmi (2024-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan oʻsish surʼati bilan):

fermer xoʻjaliklarida – 63,9 ming tonna (104,5 %)

dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida – 34,7 ming tonna (180,8 %)

qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 6,4 ming tonna (145,4 %).

 

Axborot xizmati