Shovot tumanida 2025- yilning yanvar-dekabr oylarida 26,3 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan boʻlib, viloyat boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich qayd etildi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillarga koʻra:
fermer xoʻjaliklarida – 13,0 ming tonna,
dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida – 13,1 ming tonna,
qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 0,2 ming tonna meva va rezavor yetishtirilgan.
Viloyatdagi jami hosilda tumanning ulushi 13,9 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati



